

Bu haqda "The Sun" xabar bermoqda.
Nashrning yozishicha, rimliklar rahbariyati Tuxelni portugaliyalik mutaxassisni almashtirish uchun ideal variant deb hisoblayapti.
Nemis murabbiyining so'nggi ish joyi "Chelsi" bo'lib, u bilan 2020/21 yilgi mavsumda Chempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi JCHda g'olib chiqqan.
Avvalroq agar jamoa Chempionlar Ligasiga chiqa olmasa, Mourinyu Italiya klubini tark etishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
"Roma" A Seriyada 25 turdan keyin 47 ochko bilan 4-o'rinda bormoqda.



