Tuxel PSJning asosiy transfer maqsadini aniqlab oldi

Mirjalol Normatov
12 yanv 2019
PSJ rahbarlari yarim himoyachi Yulian Vayglning transfer ishlari bilan shug'ullanishmoqda.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, parijliklar bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Borussiya"ning 23 yoshli futbolchisini asosiy transfer maqsad qilib olgan. Vaygl jamoadan kyetishi mumkin bo'lgan Adrien Raboning o'rnida o'ynashi mumkin.

Vayglning "arilar" bilan shartnomasi 2021 yilga qadar mo'ljallangan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports