Tuxel nima sababdan MYUni emas, termani tanlaganini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
16 okt 2024
Bugun Angliya termasi bosh murabbiyi sifatida tanishtirilgan Tomas Tuxel nima sababdan "Manchester Yunayted"ni tanlamaganini ma'lum qildi.

"Angliya futbol assotsiatsiyasining g'oyalari menga yoqdi. Buni bosh direktor Mark chiroyli tushuntirib berdi. Men shunchaki ishga tushish uchun qaror chiqarishim kerak edi. Bu nafaqat terma jamoa, balki, istalgan klub bo'lishi mumkin edi", - dedi Tuxel.

Ma'lumot uchun, Angliya termasi boshqaruviga kelguniga qadar Tuxel uzoq vaqt davomida "Manchester Yunayted" bilan muzokaralar olib borgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Fabrizio Romano