Tuxel “Liverpul”ga qarshi bahs oldidan: “Juda xotirjamman”

Eldor Akmurzayev
3 mar 2021, 21:00
APL 29-turidan o'rin olgan “Liverpul” – “Chelsi” bahsi Toshkent vaqti bilan 5 martga o'tar kechasi soat 01:15 da boshlanadi.

“Juda xotirjamman. Ishonchim komilki, “Liverpul”ga muxlislar yetishmayapti, “Enfild”dagi olamon jamoaga qanday ta’sir qilganini o'z tajribamdan kelib chiqib bilaman.

Ha, “Liverpul” ochkolarni boy berdi, bazida esa bunga loyiq emasdi, ularda shunchaki omad kelmagan uchrashuvlar bo'ldi. Bu Yevropaning eng zo'r jamoalaridan biri, ammo ularning oldiga keldik va g'alabaga erishish uchun qo'ldan kelgan barcha narsani qilishga qodirligimizga ishonamiz”, deydi nemis mutaxassisi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football.London