Tuxel Germaniyada yil murabbiyi deb topildi

Mirjalol Normatov
21 okt 2021
"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Bild" nashri talqiniga ko'ra, 2021 yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Tuxel 2021 yilning yanvarida "Chelsi" boshqaruvini qo'liga olib, YCHL va Yevropa Superkubogi sovrinlarini qo'lga kiritdi.

"Agarda kimdir "Chelsi" juda tez yuksalishga erishadi deganida, ishonmasdim. O'z oldimga maqsad qo'ymayman. Chunki bu natija yo'q bo'lgan paytda ruxiy tushkunlikka tushirib qo'yadi", - dedi Tuxel.

Ayni damda "Chelsi" 8 turda 19 ochko jamg'arib, peshqadamlik qilmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild