Tuxel: "Charchoq bahona bo'lolmaydi"

Mirjalol Normatov
5 dek 2021, 12:12
"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Vest Xem"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin futbolchilarning individual xatolari haqida gapirdi.

- "Uotford"dan o'tkazib yuborilgan gol, MYUga qarshi o'yinda yo'lga qo'yigan xato. Bugungi holat... Futbolchilarda charchoq yuqorimi?

- Ha, qo'shimcha yuklama olayotgan futbolchilar bor. Agarda bizning jadvalimizga nazar tashlasangiz, futbolchilar hech qaerga keta olishmayotganini guvohi bo'lasiz. Biz shunchaki ortiqcha yuklamadan qo'rqamiz.

Biz juda oddiy holatlarda to'pni yo'qotyapmiz. Agarda o'yinni nazorat qilishni va quruq o'yinlar o'tkazishni istasak, albatta, bunday holatlarga yo'l qo'ymasligimiz kerak.

Ketma-ket uch marta. Bu juda yomon, bu juda ko'p. Charchoqni umuman bahona qila olmaymiz. Ayniqsa, APLning qishki davrida bunday deyish xato. Bazida o'zimizni xavf ostiga qo'yishimiz ham kerak bo'ladi.

"Vest Xem" kabi raqiblar bilan o'yinda darvozadan 20 metr uzoqlikda to'pni yo'qotadigan bo'lsak, muammolar boshlanishi tayin", - dedi Tuxel.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal