Tuxel "Bavariya"ga "Real" yarim himoyachisini olib kelmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
19 iyul 2023
"Real" yarim himoyachisi Orelen Tchuameni "Bavariya"ga ko'chib o'tishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, Myunxen klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel shu yoz tayanch yarim himoyachi sotib olish niyatida, francuz esa bu rol uchun uning asosiy nomzodi hisoblanadi.

Tchuameni o'tgan mavsumnning ikkinchi qismida "Real" asosiy tarkibidan tushib qola boshladi, lekin klub futbolchini sotib olmoqchi bo'lgan APL klublariga rad javobini bergandi. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sport1.de