Tuxel APL klublaridan birini boshqarishni istamadi

Aslanov Jasurbek
27 sen 2017, 17:12
Dortmundning "Borussiya" klubi sobiq bosh murabbiyi Tomas Tuxel Slaven Bilichning iste'fosi kutilayotgan "Vest Xem"ni boshqarishni istamadi.

London klubi mavsumni omadsiz boshlaganidan so'ng, "Vest Xem" rahbariyati Bilichga o'rinbosar qidirmoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, bu joyni Tuxel egallashi mumkin edi, ammo 44 yoshli mutaxassis taklifni rad etdi.

Oldinroq, OAVda nemis murabbiyi "Chelsi"ni boshqarishi mumkineiligi haqida e'lon qilingan edi. Tuxel 2015-2017 yilda "Borussiya"ni boshqaragan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror