Tuxel ajoyib seriyasini davom ettirdi

Eldor Akmurzayev
18 apr 2022
Angliya Kubogi 1/2 finalida “Chelsi” 2:0 hisobida “Kristal Pelas”ni engib, finalga yo'l oldi.

“Aristokratlar” 14 may kuni “Liverpul”ga qarshi bahs olib boradi.

Tomas Tuxel 11-marotaba yarim final to'sig'idan muvaffaqiyatli o'tdi. U mazkur bosqichdan hali biror marta chiqib ketmagan, yarim finaldagi to'plar nisbati esa 30:4 ni tashkil etmoqda.

Tuxel londonliklardan tashqari, PSJ, “Borussiya D”, “Maync” va “Augsburg” kabi jamoalarda ishlagan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta