Tuttosport: "Ronaldu va de Ligtning "Yuventus"da qolishi aniq"

8 apr 2020, 20:02
Turinning "Yuventus" klubi mavsum yakunida jamoada qoladigan bir qator futbolchilar nomini ma'lum qildi.

Ular orasida hujumchi Krishtianu Ronaldu, himoyachilar Matteys de Ligt, Merix Demiral va Jorjo Kellini, shuningdek, yarim himoyachi Rodrigo Bentankur bor.

Takidlanishicha, "keksa sinora" rahbariyati Miralem Pyanich, Mattia De Shilo va Daniele Ruganilar bilan hamkorlikni to'xtatadi.

Avvalroq De Shilo yoki Rugani "Valensiya" futbolchisi Ferran Torresga taklif qilinadigan shartnomaning bir qismiga aylanishi mumkinligi to'g'risida xabar qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Tuttosport