"Turon" yana bir bor "Rubin"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushadi

Omonjon To`xtamirzayev
17 iyul 2023
"Turon" futbol klubi Qozonda mahalliy "Rubin" jamoasiga qarshi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.

“Rubin”ga qarshi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvi ham tashkil etiladi

Xabaringiz bor, “Turon” jamoamiz kuni kecha Rossiya Premer ligasi vakili, Qozonning “Rubin” klubiga o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. Jamoalarning o'zaro kelishuviga ko'ra ertaga, 18-iyul, seshanba kuni ikkinchi nazorat bahsi ham tashkil etiladigan bo'ldi.

Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi.
"Rubin" (Rossiya) - "Turon" (O'zbekiston)

18 iyul, seshanba. 19:30.
"Ak Bars Arena" stadioni.


Eslatib o'tamiz, jamoalarning birinchi to'qnashuvida rossiyaliklar 3:0 hisobida zafar quchishgan. Qozon klubi safida hamyurtimiz Umarali Rahmonaliev uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan. Rustam Ashurmatov esa o'yinga zaxiradan qo'shilgan.


O'rtoqlik uchrashuvi. "Turon" Qozonda "Rubin"ga yirik hisobda yutqazdi 

Eshitdik-da! "Turon" "Rubin" klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia