Turkmaniston terma jamoasi futbolchisi "Aral"ga o'tdi

Iskandarov Abdulaziz
28 yanv 2026, 09:46
Pro liga ishtirokchisi "Aral" tarkibiga yangi futbolchini qo'shib oldi.

Turkmaniston terma jamoasi himoyachisi Vepa Jumaev "Aral" safiga kelib qo'shildi. Klub futbolchi bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi. Jumaev "Aral"ga Belarusning "Vitebsk" jamoasidan taklif qilindi. 

U faoliyati davomida "Slaviya", "SKA-1938 Minsk", "Loko Gomel", "Makslayn" (Belarus), "Kopetdag" (Turkmaniston) jamoalarida o'ynagan. 

Transfermarket portali to'pteparning qiymatini 100 ming evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: "Арал" матбуот хизмати