Bu safar Burak Yilmazning faoliyati bilan tanishtiramiz. Hujumchi 1985 yilning 15 iyulida Antaliyada tug'ilgan. U "Antalyaspor" klubi futbol maktabida o'qigan va 2002 yil jamoaning asosiy tarkibiga kirgan. Yilmaz jamoa safida 4 yil davomida 78ta o'yinda 35ta gol urib "Antalyaspor"ni birinchi ligadan Superligaga chiqishi uchun katta hissa qo'shgan.
2006 yil yozida Burak "Beshiktosh" safiga ko'chib o'tdi. Bu klubdagi ilk mavsum yaxshi o'tdi, 32ta o'yinda maydonga tushib raqiblar darvozasiga 6ta gol urdi. Keyingi mavsumda esa jamoadagi asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotib qo'ydi va atiga 6ta bahsda maydonga tushdi.
2008 yil yanvar oyida "Manisaspor"ga o'tgan futbolchi bu klubdagi ilk uchrashuvidayoq xet trikka erishdi! Yilmaz Manisa shahri klubida 16ta o'yinda qatnashib 9ta gol urgan.
Shu yilning yozida u endi "Fenerbaxche" klubiga ko'chib o'tdi. Ammo bu klubda deyarli maydonga tushmay "Eskishaharspor"ga bir yilga ijaraga berildi. Ijara muddati tugagach "Fenerbaxche"ni tark etdi.
2010 yil fevral oyida Yilmaz "Trabzonspor" bilan shartnoma tuzdi. Klubdagi dastlabki mavsumida u 30ta o'yinda 19ta gol urdi va jamoasi bilan birga Turkiya vice chempioni bo'ldi. 2011/2012 yilgi mavsumda hujumchi 33ta gol bilan Turkiya chempionatining to'purari bo'ldi.
Shu sababli uni "Galatasaroy" sotib oldi. 2012 yil iyul oyidan boshlab mana shu klub safida to'p tepib kelmoqda. "Galatasaroy" futbolchini 5 million evro evaziga sotib oldi. Yilmaz bu klub bilan birga YCHL chorak finaliga qadar yetib bordi va bu musobaqada jami 8ta gol urdi. Guruh bosqichida 6ta gol urib eng foydali futbolchi bo'lishga erishdi.
Burak Yilmaz Turkiyaning turli yoshdagi jamoalarida o'ynagan. Milliy terma jamoada 2006 yildan buyon ishtirok etib kelmoqda. U o'zining ilk golini 2011 yilga kelib urgan. O'sha yilning 3 iyul kuni EVRO2012 saralashi doirasidagi Belgiyaga qarshi uchrashuvda Yilmaz o'zining milliy terma jamoadagi dastlabki golini urdi. Hozirgi kunga kelib u terma jamoa safida 25ta o'yinda maydonga tushib 8ta to'p kiritdi.
Sovrinlari
Jamoaviy
"Beshiktosh" - Turkiya kubogi (2007), Turkiya Superkubogi (2006).
"Trabzonspor" - Turkiya kubogi (2010), Turkiya Superkubogi (2010).
"Galatasaroy" - Turkiya Superkubogi (2012), Turkiya Chempioni (2013).
Shaxsiy
Turkiya chempionati to'purari - 2011/2012 (33ta gol), 2012/2013 (24ta gol).
Yevropa Chempionlar ligasi 2012/2013 guruh bosqichi to'purari - 6ta gol
Yevropa Chempionlar ligasi 2012/2013 guruh bosqichi eng foydali futbolchisi
Futbolchi haqida qiziq fakt: Burak Yilmaz "Beshiktosh", "Fenerbaxche", "Trabzonspor" va "Galatasaroy" klublarida faoliyat olib borgan ikkinchi futbolchi. Undan oldin Sergen Yalchin shunday natijaga erishgandi