

Uchrashuvda dastlab 5-daqiqada El Bilal Ture hisobni ochdi, so'ngra Emirxan Topchu 22-daqiqada hisobni jamoasi uchun ishonchli ko'rinishga olib keldi. Mezbonlardan O'rkun Ko'kchu 26-daqiqada maydondan chetlatildi. Shundan so'ng "Fenerbaxche" uchta gol urib, vaziyatni o'ngladi. Gollarga Ismail Yuksek, Marko Asensio va Jon Duran mualliflik qildi.





