

O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari Eldor Shomurodov hamda Abbos Fayzullaevlar uchrashuvni asosiy tarkibda boshlashdi. "Bashakshehir" 5:1 hisobida g'alaba qozongan o'yinda Shomurodov va Fayzullaev o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi. Eldor Shomurodov bitta golda assistent rolini ham bajardi.
"Istanbul Bashakshehr" - "Gaziantep" 5:1
Gollar: Shomurodov 21, Fayzullaev 29, Qizildog' (avtogol) 53, Gunesh (Shomurodov) 68, Brnich 71 - Kamara 26.
"Istanbul Bashakshehir": Shengezer, Bulut, Duarte, Opoku, Shahiner, Ergun, Gunesh, Fayzullaev, Shomurodov, Harit, Zelke.
"Gaziantep": Gorgen, Guler, Abena, Qizildog', Kabasakal, Peres, Kozlovski, Kamara, Rodriges, Bayo, Maksim.
Eldor Shomurodov ushbu bahsda gol urib, Turkiya Superligasi to'purarlari jadvalida 12ta gol bilan yetakchiga aylanib oldi.




