Turkiya Superligasi. O'zil "Fenerbaxche" 1-o'ringa ko'tarilishida yordam berdi

Sherzod Nurmatov
14 fev 2021, 01:22
Turkiya chempionatining 25-tur uchrashuvida "Fenerbaxche" safarda "Karagyumryuk"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.

Mame Tiam va Enner Valensiyaning gollari Istanbul klubiga g'alaba olib keldi. Yarim himoyachi Mesut O'zil maydonda 81 daqiqa harakatlandi.

"Fenerbaxche" ushbu g'alaba orqali Superliga turnir jadvalida birinchi o'ringa chiqib oldi.

"Karagyumryuk" – "Fenerbaxche" 1:2  

Gollar: Tiam, 19 - 0:1, Valensiya, 53 - 0:2, Borini, 67 - 1:2

"Fenerbaxche": Bayindir, Erkin (Tisseran, 82), Salai, Aziz, Sangare, Tufan, Sosa, Osavi-Samuel (Samata, 72), O'zil (Kadioglu, 81), Tiam (Gyumyush, 90+1), Valensiya (Yandash, 81)

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia