Turkiya - O'zbekiston uchrashuviga 2 soat qoldi

Xabaringiz bor, bugun milliy terma jamoamiz Turkiya termasi bilan o'rtoqlik o'yinida ishtirok etadi.

Bugungi bahsda turkiyalik yulduz va "Milan" jamoasining yarim himoyachisi Xakan Chalxano'g'lu qatnashishi mumkin. Shu munosabat bilan "rossonerilar"ning Tvitterdagi rasmiy sahifasi Turkiya - O'zbekiston o'yinini afisha qildi.

Eslatib o'tamiz, mazkur o'yin Toshkent vaqti bilan 23:00da boshlanadi va Sport TV telekanali jonli namoyish etadi. 

Shenol Gunesh O'zbekistonga qarshi o'yin uchun qaydnomani e'lon qildi. Unda Yilmaz ham, Chalxanoglu ham bor 

Ektor Kuper milliy terma jamoaga jalb qilingan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi. Tarkibda yangi nomlar bor


Manba: championat.asia