Turkiya klubi yaqin kunlarda Onanani ijaraga olmoqchi

Sherzod Nurmatov
4 sen 2025
"Trabzonspor" "Manchester Yunayted" darvozaboni Andre Onanani transfer qilishga qiziqmoqda.

Turkiyada transfer oynasi 12 sentyabrda yopiladi, "Trabzon" esa kamerunlik futbolchini ijaraga olishga ulgurishga umid qilmoqda.

Ayni damda "Yunayted"da 4 nafar darvozabon bor: Onana, Lammens, Bayindir va Xiton hamda MYU kamerunlik darvozabonni qo'yib yuborishi taxmin qilinmoqda, chunki u baribir asosiy tarkibda o'ynamaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Taka Gazete