Turkiya klubi Ronalduni xarid qilmoqchi

Sherzod Nurmatov
7 okt 2022, 14:41
Turkiyaning "Galatasaroy" klubi "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduni sotib olish istagida.

"Fotomac" xabariga ko'ra, Turkiya grandi futbolchiga yozgi transfer oynasida qiziqish bildirgan, biroq o'shanda portugaliyalik Chempionlar Ligasida o'ynaydigan klubga o'tmoqchi bo'lgan.

Qishdagi navbatdagi muzokaralar chog'ida "Galatasaroy" moliyaviy imkoniyatlarini faollashtirish niyatida.

Eslatib o'tamiz, Ronalduning MYU bilan kelishuvi 2023 yilgacha mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fotomac