Turkiya. "Fenerbahche" va "Trabzonspor"dan g'alabalar

Bugun Turkiya superligasida ham mavsum qayta tiklandi

Chempionatning 27-turi doirasida musobaqa karvonboshisi bo'lib turgan "Trabzonspor" "Geztepe" maydoniga safar uyushtirdi. Uchrashuv mehmonlarning 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakuniga etdi. Shu tariqa "qoradengiz bo'ronlari" hisobidagi ochkolar soni 56taga etdi.

Joriy mavsumni omadsiz tarzda o'tkazayotgan "Fenerbahche" 27-tur o'yiniga 7-o'rinda yetib keldi. Istanbul klubining raqibi esa so'nggi pog'onani egallab turgan "Kayserispor" jamoasi edi. Bu o'yinda "Fenerbahche" iroda ko'rsatishiga to'g'ri keldi. Bitta to'p farqi bilan imkoniyatni boy berib turgan mezbonlar so'nggi 5 daqiqada 2ta to'p kiritib, 3 ochkoni ilib ketdi.

Turkiya superligasi musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.


Manba: championat.asia