Turelarning eng kichigi - Ibraim Ture vafot etdi

Aziz Tukhtamuradov
20 iyun 2014, 16:20
Ivuarlik futbolchi Ibraim Ture 29 yoshida vafot etdi.

Bu haqida Kot-d′Ivuar futbol federatsiyasi rasmiy sayti xabar qilmoqda.

Kolo va Yaya Ture bu haqida Kolumbiyaga qarshi o'yindan so'ng Manchestyerdagi ukalarining vafot etgani haqida xabar topishdi. O'limning sabablari hozircha xabar qilinmayapti.

Eslatib o'tamiz, Ibraim Ture Toumodi, Metallurg (Doneck), Nicca, ASEK, Al-Ittixod, Misr Lel Makasa, Telefonaat Bani Suveyf va Al-Nasr (Bengazi) jamoalarida to'p surgan.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia