Turan: "Agar odamlar "Barselona"ning raqibi yo'q deb o'ylashsa, bu xato"

Aslanov Jasurbek
23 fev 2016, 14:47
"Barselona" yarim himoyachisi Arda Turan bugungi kunda Kataloniya klubi bilan raqobatlasha oladigan jamoa yo'q deb hisoblamaydi.

"Biz o'tgan mavsumdagi natijamizni yangilashimiz lozim. Men uch sovrin haqida gapriyapman. Odamlar bizga teng keladigan raqib yo'q deb o'ylashi mumkin. Ammo bu xato. Ispaniya chempionatida, Chempionlar ligasida kuchli jamoalar ishtirok etishadi. Agar biz kuchli raqibimiz yo'q deb o'ylasak, bu narsa bo'shashishimizga olib kelishi mumkin. Jamoamiz bunday bo'lishini istamaydi" - deydi Turan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bein Sports