Turan 48 soat ichida "Barselona"ni tark etadi

Aslanov Jasurbek
10 yanv 2018, 18:00
"Barselona" yarim himoyachisi Ardu Turan Turkiyaga qaytadi.

Oldinroq "Istanbu Bashakshexir" kataloniyaliklar bilan muzokara o'tkazayotgan edi, turk klubi prezidenti esa Turan bilan shaxsan suhbatlashdi.

Bugun, 10 yanvar, "Istanbul Bashakshexir" ustozi Abdulla Avchi kelishuv amalga oshishga yaqinligi va buning uchun klub prezidentiga rahmat aytganini ma'lum qildi. Transfer 48 soat ichida amalga oshadi.

"Bu oson transfer bo'lmadi. Arda - uzoq vaqt ichidagi bizning maqsadimiz. Bu transfer uchun prezidentga rahmat aytamiz" - deydi Avchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca