Tur hakami - Seytlin

Narzulla Saydullayev
5 mar 2018, 10:01
Superliganing 1-turidagi o'yinlarda hakamlar qo'pol xatolarga yo'l qo'yishmadi.

"CA" Superligani yangicha formatda yoritadi

Turning oltita uchrashuvida hamhakamlar xatosi o'yin natijasiga ta’sir ko'rsatgan holatlar uchramadi.

Bir qator referilar o'z bo'ynidagi mas'uliyatli ishni xatosiz bajarishdi.

Buxoroda kechgan "Buxoro" - "Qo'qon-1912" jamoalari o'rtasidagi bahsni Vladislav Seytlin juda sovuqqonlik bilan boshqardi. Ko'plab qiyin vaziyatlarda hakam ustalik bilan to'g'ri qaror chiqardi. Muhimi, Seytlin o'yin muvozanatini buzib qo'ymadi. Shu boisdan ham Vladislav Seytlin 1-turning eng yaxshi hakami nominaciyasida g'olibga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia