Tur futbolchisi - Tiago Bezerra

19 mar 2018, 18:30
Superliganing 3-turining eng yaxshi futbolchisi nomiga "Paxtakor"ning braziliyalik legioneri Tiago Bezerra loyiq ko'rildi.

"CA" Superligani yangicha formatda yoritadi

"Paxtakor" - AGMK uchrashuvida Tiago Bezerra nafaqat gol urdi, balki jamoasining ikkinchi goliga poydevor ham yaratdi. Yani aynan Tiago Bezerra ishlagan penaltini keyinchalik Ismoil Gonsalveshga golga aylantirdi. Umuman butun uchrashuv davomida faolligi bilan ajralib turgan Bezerra yakunda jamoasi g'alabasiga eng munosib hissa qo'shdi. Yorqin va foydali o'ynagan braziliyalik legioner Tiago Bezerra Superligada 3-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia