Tur futbolchisi - Dragan Cheran

Narzulla Saydullayev
14 apr 2018
"Nasaf"ning serbiyalik hujumchisi Dragan Cheran Superliganing 6-turining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

"Lokomotiv"ga qarshi kechgan markaziy bahsda Dragan Cheran avvaliga Igor Golbanning goliga assistentlik vazifasini bajargan bo'lsa, keyinchalik "ajdarlar"ning g'alaba to'piga mualliflik qildi. Shu tariqa Dragan Cheran "Nasaf"ning "Loko" ustidan qozongan muhim g'alabasiga o'zining katta hissasini qo'shdi.

Shu boisdan Dragan Cheran tur futbolchisi deya etirof etildi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia