

"Nasaf"ga qarshi kechgan bahsda o'z darvozasini ajoyib tarzda qo'riqlagan Yusupov uchrashuv davomida bir necha bor seyv amalga oshirishga muvaffaq bo'ldi. "Qo'qon-1912" jamoasi o'z uyida ishlagan 1 ochkoda Yusupovning xizmati juda katta bo'ldi. Shu tariqa O'tkir Yusupov tur darvozaboni deya etirof etildi.
Ma'lumot uchun, ortda qolgan 7ta turda eng kam gol o'tkazgan jamoa aynan "Qo'qon-1912" hisoblanadi (3ta gol). Bunda darvozabonning xissasi katta ekanligi hech kimga sir emas.




