Tur darvozaboni - Botirali Ergashev

Superliga 2-turining eng yaxshi kiperi deya "Dinamo" posboni Botirali Ergashev topildi.

Garchi "Surxon"ga qarshi o'yinda Botirali Ergashev o'z darvozasidan gol o'tkazib yuborgan va jamoasiga mag'lub bo'lgan bo'lsada, uchrashuv davomida Ergashevning seyvlari "Dinamo"ni yirik mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. Qo'shimchasiga darvozabon darvozasi tomon belgilangan penaltini bartaraf etishga muvaffaq bo'ldi. Sherzod Karimov tomonidan tepilgan to'p yo'nalishini topgan Ergashev darvozasiga ikkinchi golni kirishiga yo'l qo'ymadi.

Shu tariqa turni eng faol o'tkazgan Botirali Ergashev eng yaxshi darvozabon nomiga munosib ko'rildi.

Superliga, 2-tur: Aktamovning haloskori - Elguja, uch xil natija bo'yicha yagonalikni saqlab turgan jamoalar va boshqa tafsilotlar haqida (tur sharhi) 


Manba: championat.asia