Tunis darvozaboni uchun mundial tugadi

Mirjalol Normatov
20 iyun 2018, 16:30
Tunis termasi matbuot xizmati xabariga ko'ra, darvozabon Muez Assen mundialning qolgan uchrashuvlarida termasiga yordam bera olmaydi.

Darvozabon Angliyaga (1:2) qarshi uchrashuvda jarohat olgandi. Keyinchalik uning elkasi singani ma'lum qilindi. Shu boisdan u muddatidan erta mundialdagi ishtirokini yakunladi.

Tunis keyingi turni 23 iyun kuni Belgiyaga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: euro-football.ru