Tundagi Breaking xabar! Maguayr 21 oyga qamaldi

Mirjalol Normatov
26 avg 2020, 01:18
"Manchester Yunayted" sardori Garri Maguayr 21 oy-u 10 kunga shartli qamoq jazosini oldi.

Oldinroq uni policiyachiga hujum, haqorat qilganlikda, shuningdek, pora taklif qilganlikda ayblanayotganligi ma'lum qilingandi.

Bugungi sudda esa Maguayrga 21 oy 10 kunlik shartli qamoq jazosi belgilandi.

"Vaziyat qurboni bo'ldim. Aybsizligimni isbotlayman. Appelyaciya beraman va bunda haqligimni isbotlab tashlayman", - dedi Maguayr.

Eslatib o'tamiz, Maguayr o'tgan yili yozda MYUga 80 mln evro evaziga o'tib, futbol tarixidagi eng qimmat himoyachiga aylangandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal