Tripper MYUga o'tadi

6 iyun 2021, 07:10
“Atletiko” yarim himoyachisi Kiran Tripper faoliyatini “Manchester Yunayted”da davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda jurnalist Lori Uitvell o'zining Tvittyerdagi sahifasida.

Ingliz klubi himoya chizig'ini kuchaytirishni maqsad qilgan va tajribali futbolchining APL klubi safini to'ldirishi bu muammoning ideal echimi sifatida ko'rilmoqda. Manbaning xabariga ko'ra, Tripper allaqachon Manchestyerda yashash uchun o'ziga uy qidirmoqda.

“Atletiko” futbolchi o'z safida saqlab qolish ilinijida, ammo katta ehtimol bilan u klubni tark etadi. O'tgan mavsumda futbolchi La Ligada 28 uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarket portali futbolchining transer narxini 20 million evroga baholagan.

Ilgariroq xabar berilganidek,MYU rahbariyati jamoa uchun kerakli bo'lgan futbolchilarni yozgi transferlar oynasi vaqtida sotib olishda bosh murabbiy Sulsherning aniq bir qarorga kelishini istashmoqda. Klub rahbariyati bu uchun 170 million evro ajratgan. Klub joriy transferlar oynasi vaqtida o'z safiga hujumchi, qanot yarim himoyachisi, tayanch yarim himoyachi, markaziy va o'ng qanot himoyachisini sotib olish niyatida.


Manba: championat.com