"Trentning "Real"ga o'tishi Karvaxalga muammo tug'diradi"

Sherzod Nurmatov
26 avg 2024, 12:38
"Liverpul" sobiq markaziy himoyachisi Jeymi Karrager agar Trent Aleksander-Arnold "Real"ga o'tsa, Dani Karvaxal "Real" boshlang'ich tarkibidagi o'rnini yo'qotishi mumkinligini aytdi.


Karragerning fikricha, klub darajasida va terma jamoada ko'plab unvonlarga ega bo'lgan Karvaxal bu o'zgarishlardan xursand bo'lmaydi:

"Ehtimol, Dani Karvaxal bu borada o'z so'zini aytgan bo'lardi. U 6 marta Chempionlar Ligasida g'olib chiqdi va shu yozda Yevropa chempioni bo'ldi, shuning uchun u Trentni raqib sifatida ko'rishdan xursand bo'lmasdi".

25 yoshli Aleksander-Arnold allaqachon "Liverpul" afsonasi, ammo uning klubdagi kelajagi noma'lumligicha qolmoqda, chunki uning shartnomasi mavsum oxirida tugaydi. Trent yanvar oyidan boshlab boshqa klublar bilan muzokaralar boshlashi va Karlo Anchelotti iqtidorli angliyalikni o'ziga jalb qilish uchun bu imkoniyatdan foydalanishga harakat qilishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com