

Ma'lumotlarga ko'ra, bir muxlisa "Liverpul" himoyachisini anchadan beri taqib qilib yuribdi. Bu ayol Trentning uyi atrofida, uning sevimli restoranlarida va hatto klub bazasida ko'rinish bergan. "Liverpul" rahbariyati vaziyatdan xabardor va futbolchiga yordam berishga urinyapti.
Trent telefon raqamini o'zgartirdi, uyiga signalizaciya va videokuzatish tizimini o'rnatdi. Bundan tashqari, muxlisa futbolchining oila a'zolariga ham yozishni boshlagan.
"Bir yildan ortiq vaqt mobaynida Trent qiynalib yuribdi. Notanish ayol u va uning oila a'zolarga g'alati xabarlar yozyapti" - deydi manba.



