Trapp PSJdan ketmoqchi

26 okt 2016, 21:56
Fransiya grandi PSJ jamoasi darvozaboni Kevin Trapp qishda Fransiyadan Germaniyaga qaytishni rejalashtirmoqda.


PSJda o'tgan mavsum asosiy darvozabon bo'lgan Kevin Trapp sentyabrdan buyon maydonga tushgani yo'q. Trapp jamoadagi hozirgi holatidan norozi va zaxira o'rindig'ida o'tirishni istamayapti.

Kevin Trapp qishki transfer oynasi paytida klubni almashtirishni rejalashtirgan.

Ammo PSJ klubi mavsum so'nggiga qadar kiperni qo'yib yubormoqchi emas.

Trappning xizmatlariga "Volfsburg" hamda "RB Leyptsig" jamoalari tomonidan qiziqish mavjud.

O'xshash yangiliklar


Manba: La Parisien