Trapp: "Draksler qo'shiq aytishdan ko'ra futbolni yaxshiroq o'ynar ekan"

Aslanov Jasurbek
8 yanv 2017, 14:16
PSJ darvozaboni Kevin Trapp o'z hamyurti Yulian Drakslerning Parij jamoasidagi debyuti haqida fikr bildirdi.

Draksler "Bastiya"ga qarshi bahsning (7:0) 89-daqiqasida o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.

"Yulian bir necha kundan beri biz bilan, u biroz francuzchani biladi. Kecha u ajoyib o'ynadi, o'zini jamoada qulay his qilmoqda. Draksler qo'shiq aytishdan ko'ra futbolni yaxshiroq o'ynar ekan" - deydi Trapp.

Drakselr jamoa bilan ilk tushligida ananaga ko'ra qo'shiq kuylagan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RMC