Trapp A Seriyaga yo'l olishi mumkin

Оқил Абдубарноев
1 avg 2022, 20:11
Frankfurtning "Ayntraxt" klubi darvozaboni Kevin Trapp faoliyatini Italiya A seriyasida davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning fikricha, nemis futbolchisiga "Napoli" qiziqish bildirmoqda, neapolliklar David Ospina erkin agent sifatida jamoadan ketganidan so'ng yangi darvozabon qidirmoqda.

32 yoshli germaniyalik futbolchi o'tgan mavsumda "Ayntraxt" safida "Glazgo Reynjers"ga qarshi o'yinda muhim seyvlari bilan Yevropa Ligasida g'alaba qozonishga yordam berdi. Endilikda frankfurtliklar o'z tarixida ilk marta Chempionlar ligasida ishtirok etadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira