

Saytimiz xodimi Shahboz Beg'amovning xabar berishicha, jamoa Xitoy chempioniga aylangan Odil Ahmedov, Qo'qon-1912 safida javlon urayotgan Javohir Sidiqov singari sobiq futbolchilarini ortga qaytarishni rejalashtirmoqda. Ayni paytda Paxtakor ushbu sobiq futbolchilari xizmatiga jiddiy qiziqmoqda.
Shuningdek, Paxtakorning qishki transferlar short-listida Lokomotiv a'zolari - markaziy himoyachi Anzur Ismoilov va o'ng qanot himoyachisi Shuhrat Muhammadiev ham o'rin olgan.

Eslatib o'tamiz, yaqindagina jamoa murabbiyi Jasur Abduraimov Navbahorga qarshi o'yindan keyin jamoa qishda sobiq futbolchilarni ortga qaytarishi mumkinligini takidlagandi.
Paxtakor bosh murabbiyi Shota Arveladze saytimizga bergan intervyusida klub rahbariyati kelasi mavsum OCHLda jiddiy vazifalarni qo'yayotganini alohida qayd etgandi.




