"Transfermarkt" narxlarni yangiladi - Ronalduning narxi 15 mln evro
Omonjon To`xtamirzayev
13 iyun 2023, 11:02
"Al Nassr" hujumchisi Krishtianu Ronalduning narxi 5 mln evroga kamaydi. Endi portugaliyalikning transfer narxi 15 mln.
38 yoshli forvard 2022/23-yilgi mavsumda Saudiya Arabistoni klubi safida barcha musobaqalarda 19 uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma etkazib berdi.