Transfer-2022. “Monca”ning ishtahasi karnay!

Eldor Akmurzayev
2 iyul 2022
A Seriya joriy mavsum debyutanti “Monca” Mauro Ikardi va Paulo Dibalani o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Avvalroq, Silvio Berluskoni boshqaruvidagi klub “Inter”dan Andrea Ranokkiya va “Kalyari”dan Alessio Krano hamda Andrea Karbonining transferini e'lon qilgandi.

Adriano Galliani PSJ forvardining agenti Vanda Nara bilan muzokaralar olib bormoqda. Shuningdek, Galliani Dibalaning vakillari bilan uchrashgan, argentinalik “Yuventus”ni erkin agent maqomida tark etdi.

“Monca” yana 2 himoyachiga qiziqmoqda: “Sassuolo”dan Kaan Ayxan va “Barselona”dan Oskar Mingesa.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/dimarzio