“Traktorsozi” muxlislari Qarshiga tashrif buyuradi

Narzulla Saydullayev
25 yanv 2015, 12:00
O'zingizga ma'lumki, 25 fevral kuni “Nasaf” jamoasi OCHL-2015 guruh bosqichidagi ilk o'yinni o'z maydonida Eronning Tabriz shahri klubi “Traktorsozi”ga qarshi o'tkazadi.
Klub rasmiy sayti orqali berilgan e'londa Tabrizlik muxlislarga Qarshi shahridagi o'yinda o'z sevgan jamoasini qo'llab- quvvatlashga taklif etildi. Klub rahbariyati va muxlislar faolllari mana shu tashkiliy ishga hozirdan kirishgan. Demak, Eronlik muxlislar o'yindan bir necha kun avval Qarshiga tashrif buyurishlari mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: voha.uz