Totti: "Xatto 25 yoshimda ham o'zimni hozirgidek yaxshi his qilmaganman"

Aslanov Jasurbek
30 sen 2016, 10:41
"Roma" hujumchisi Franchesko Totti "Astra"ga qarshi Yevropa ligasi uchrashuvi (4:0) haqida fikr bildirdi.

Totti bu uchrashuvda ikkita golli pas berishga muvaffaq bo'ldi.

"O'yindan mamnunmiz. Jamoamiz qanchalik kuchli ekanligini isbotlashimiz kerak edi. Muxlislar meni o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topishganidan xursandman, ammo asosiysi biz ishonchli g'alabaga erishdik. Xatto 25 yoshimda ham o'zimni hozirgidek yaxshi his qilmaganman. Bu haqiqat. Yaxshi formadaman, oyoqlarim esa 90 daqiqadan so'ng ham og'rimayapti" - deydi Totti.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport Italia