Totti "Lester"ga o'tishi mumkin

Aslanov Jasurbek
17 mar 2016
"Roma" sardori Franchesko Totti mavsum oxirida jamoasini tark etishi mumkin.

Klub rahbariyati 39 yoshli futbolchiga biror vazifa taklif qilmayapti, shu sababli Totti jamoani tark etishi haqiqatga yaqinroq. Franchesko futbolchilik faoliyatini yakunlamoqchi emas.

Ma'lumotlarga ko'ra, italiyalikka "Lester Siti" ustozi Klaudio Raneri qiziqish bildirmoqda. Totti yozda erkin agentga aylanadi va ingliz klubiga tekinga o'tishi mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: la Gazzetta dello Sport