
"Bu xuddi Taysondan zarba o'tkazib yuborgandek bo'ldi, chunki men rostdan ham uchrashuv so'ngida gol bo'lishini kutmagandim. Birinchi bo'limni yaxshi o'tkazdik, ammo sen yirik jamoada o'ynasang, uchrashuv tizginini qo'lga olishing kerak. To'pga egalik qila olmadik va shu sabab jazolandik.
Bunday sovuqda to'pni pasda ushlash qiyin bo'ldi, ammo bahona qidirmaymiz. Hech kim kutmagan baxtsiz voqea yuz berdi.
Oson guruhda emasmiz. So'nggi uchrashuvda hammasi o'zmizga bog'liq" - deydi Totti.