“Tottenxem”ga o'tishi kutilgan Pyontek Bundesligaga yo'l oldi

Eldor Akmurzayev
30 yanv 2020
“Milan” hujumchisi Kshishtof Pyontek rasman “Gerta” a'zosiga aylandi.

24 yoshli futbolchi bilan shartnoma uzoq muddatga tuzildi va berlinliklar hujumchining transferi uchun 27 mln. evro sarflashdi. Polshalik futbolchi joriy mavsum Italiya chempionatining 18 bahsida qatnashdi va 4ta golni o'z hisobiga yozdirdi. 

Avvalroq, Pyontekka "Tottenxem" jiddiy qiziqish bildirayotgan edi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/pjona9official