"Tottenxem" yozda MYUning ikki futbolchisini xarid qilmoqchi bo'lgan

Aslanov Jasurbek
26 avg 2018, 22:33
"Tottenxem" rahbariyati yozgi transfer oynasida "Manchester Yunayted" futbolchilari Antoni Marsyal va Xuan Matalarni xarid qilmoqchi edi.

"Qizil iblislar" bosslari bu futbolchilar borasida xatto muzokara o'tkazishni ham istashmadi va London klubiga ushbu transfer amalga oshmasligini ma'lum qilishdi.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" yozda "Tottenxem" himoyachisi Tobi Alderveyreldni sotib olishga uringan edi.

"Manchester Yunayted"ning APLdagi navbatdagi uchrashuvi "Tottenxem"ga qarshi bo'lib o'tadi. Ushbu bahs 28 avgustga o'tar kechasi 00:00da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Manchester Evening News