

"Real", "Barselona" va "Yuventus"dan keyin 27 yoshli daniyalikka PSJ tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda, deb xabar beradi "Daily Mail". Parijliklar ham futbolchini ushbu mavsum yakunlanganidan keyin, u erkin agent bo'lganidan so'ng transfer qilmoqchi.
Shu boisdan PSJ Leandro Paredes hamda Yulian Drakslerni transferga qo'ymoqchi.
Oldinroq "Real" futbolchini qishdayoq sotib olmoqchiligi borasida ma'lumotlar berilgandi. Biroq "shporlar" yaqin vaqtlarda o'z futbolchisi bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.



