"Tottenxem" yangi hujumchi sotib olmoqchi. Nahotki Keyn ketadi?

Aziz Tukhtamuradov
17 dek 2017, 20:07
"Fiorentina" futbolchisi Federiko Keza "Tottenxem" qiziqishlari doirasida.

Ma'lum bo'lishicha, londonliklar yanvar oyidagi transferlar oynasi vaqtida 20 yoshli hujumchini xarid qilmoqchilar. Ayni paytda Kezaning transfer narxi 60 million evroni tashkil qilmoqda.

Futbolchi ushbu mavsumda 15ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol kirita oldi.

Avvalroq, "Tottenxem" hujumchisi Garri Keyn "Real" safiga yo'l olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Tuttomercatoweb