"Tottenxem" va "Nyukasl"ga Meddison kerak

Omonjon To`xtamirzayev
9 iyun 2023
"Tottenxem" va "Nyukasl" "Lester" yetakchisi Jeyms Meddisonga qiziqish bildirmoqda.

Angliya terma jamoasining 26 yoshli futbolchisi yaqin vaqtlar ichida klubini alishtirish niyatida. Shu kunlarda boshqa jamoalar bilan muzokaralar boshlanishi kutilmoqda. Meddisonga qiziqayotgan qator klublar ichida "Tottenxem" va "Nyukasl"ni ajratib ko'rsatish zarur.

Takidlanishicha, londonliklar ustozi Ange Postekoglu shaxsan o'zi Jeymsni jamoaga olib kelishni so'ragan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Goal