“Tottenxem” vanihoyat yangi o'yinchi sotib olishga yaqin

14 may 2019, 08:43
“Shporlar” so'nggi ikkita transferlar vaqtida birorta ham o'yinchi sotib olmagandi.

Endi esa “Tottenxem” tarkibni kuchaytirish uchun ishlarni boshlab yubordi. Qayd etilishicha, “Fulxem” a'zosi Rayan Sessenon faoliyatini katta ehtimol bilan London klubida davom ettiradi. Uning transferi “shporlar”ga 25 mln funt sterlingga tushishi kutilmoqda. London klubi rahbariyati transferlar orqali jamoa bosh murabbiyi Pochettinoni klubda saqlab qolishiga ishonmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football24