"Tottenxem" va "Bavariya" besh kun ichida kelishmaydigan bo'lsa, Keyn nemis klubiga o'tmaydi

Administrator
6 avg 2023, 21:11
"Bavariya"da bu transferni yakunlash uchun bir haftadan kamroq vaqt qoldi.

Agent Pol O'Kifning ma'lum qilishicha, Xarri Keyn 11 avgustda sanasida ham "Tottenxem" safida bo'lsa, "Bavariya"ga o'tish barbod bo'ladi. Xuddi shu ma'lumotni jurnalist Patrik Shtrasser ham tasdiqladi. Unga ko'ra, juma - Keyning transferi uchun oxirgi muddat.

Ma'lumot uchun, avvalroq, "Tottenxem" prezidenti Deniel Levi "Bavariya" bergan so'nggi taklifga e'tibor bermay, dam olishga jo'nab ketgani ma'lum qilingandi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/AZ_Strasser